Fidoyi o‘g‘lonlarning yaqinlari holidan xabar olindi

0
1316

Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi harbiy xizmatchilari “Vatan fidoyi farzandlarini unutmaydi” shiori ostida yurt tinchligi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan, xususan, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yaqinlari holidan xabar olishdi.

Jumladan, harbiy xizmatchilardan iborat guruh samarqandlik leytenant Sayyor Sadinov, leytenant Marufjon Rahmonov, katta serjant Marufjon Rajabov, serjant Ulug‘bek Barnoyev, kichik serjant Nodir Sobirov, kichik serjant Akmal Mirzaahmedov, kichik serjant Ulug‘bek Xasanov, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi oddiy askar Lochin Hayitov, jizzaxlik podpolkovnik Samandar Kenjayev, kapitan Zafar Boymurodov navoiylik kichik serjant Zokir Qahhorov, kichik serjant Sherali Idiyevlarning xonadonida bo‘lishdi.

Yurt o‘g‘lonlari marhum harbiy xizmatchilarning ota-onasi, turmush o‘rtog‘i va farzandlari holidan xabar olib,  safdoshlarining xizmati davomida erishgan yutuqlarini xotirlashdi.

Shuningdek, Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoniga biriktirilgan nogironligi bor yoshlar va ularning oila a’zolariga saxovat ko‘rsatildi. Harbiy libosdagi yurt o‘g‘lonlarining tashrifidan suyungan yoshu qari bugungi osuda hayotimiz, tinchligu osoyishtaligimizga shukronalar aytib, qo‘llarini duoga ochishdi.

Bu kabi tadbirlar Markaziy harbiy okrug miqyosida davom etmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting