Qarshida “Yil ayoli” milliy tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

0
919

Bugun, 15-noyabr kuni Qashqadaryoda “Yil ayoli” milliy tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan mazkur tanlovda bugun nafaqat oilada, balki jamiyatda ham o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lib borayotgan nozik qalb, mustahkam iroda egalari bir nechta shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

Darhaqiqat, bugungi tanlov yurt himoyasida, ilmu fanda, tijoratda, rahbarlik lavozimlarida barchaga o‘rnak bo‘lib, shijoat bilan xizmat qilib kelayotgan faol xotin-qizlarni o‘zida birlashtirdi.

Ishtirokchilar murosasiz kechgan bahslarda ravon nutqi, erishgan yutuqlari, ijod namunalari bilan barchani lol qoldirib, tanlovga yuqori tayyorgarlik ko‘rganini isbotlay oldi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-, 2- 3-o‘rin sohibalari aniqlanib, xuddi shu tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Quvonarlisi, tanov g‘olibalari orasida Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlarning birida xizmat vazifasini bajarib kelayotgan kapitan Malohat Jo‘rayeva ham bor. Bu natija barcha harbiy ayollar uchun quvonchli bo‘ldi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati