“Kattaqo‘rg‘on” poligonida artilleriyachi askarlarning “Eng ilg‘or mutaxassis” ko‘rik tanloviga start berildi

0
884

Markaziy harbiy okrugining “Kattaqo‘rg‘on” okrug poligonida Mudofaa vazirligi miqyosida muddatli harbiy xizmatchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Men g‘olib” shiori ostidagi “Eng ilg‘or mutaxassis” ko‘rik tanlovining so‘ngi bosqichiga start berildi.

Unda Mudofaa vazirligi ma’sul ofitserlari Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi, keng jamoatchilik vakillari, yoshlar hamda 5 nafar jamoalardan tashkil topgan artilleriyachi mutaxassisi bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilar ishtirok etishdi.

Ushbu musobaqada, Markaziy harbiy okrugi, Shmioli-g‘arbiy harbiy okrugi, Sharqiy harbiy okrugi hamda Janubi-g‘arbiy okrugidan 2 ta jamoa jami bo‘lib 5 ta jamoalar ishtirok etimoqda. Jumldan, artilleriyachi muddatli harbiy xizmatchilar ushbu dala-o‘quv maydonida o‘tkazilayotgan musobaqada “Eng ilg‘or arudiya hisobi”, “Eng ilg‘or minomyot hisobi”, “Eng ilg‘or artilleriya rezvedka hisobi”, “Eng ilg‘or jangovar mashina hisobi”, “Eng ilg‘or artilleriya topobog‘lovchi mutaxassisi” hamda “Eng ilg‘or artilleriya hisobchi mutaxassis” nominatsiyalari bo‘yicha o‘zaro bellashadi.

Musobaqaning ochilish marosimida Samarqand viloyatining taniqli san’atkorlari va harbiy orkestr tomonidan namoyish etilgan konsert dasturi, harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali “Qo‘l jangi” chiqishlari ishtirokchilarga musobaqa oldi ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati