Teatr aktyorlari Nukus garnizonida

0
849

Nukus garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazida Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri tomonidan “Bir qizga to‘rt oshiq” nomli komediya janridagi spektakl namoyishi o‘tkazildi.

Madaniy hordiq ishlarini sifatli va samarali tashkil etish maqsadida harbiy okrug qo‘mondonligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan spektaklda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug, DXX Chegara qo‘shinlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV bo‘linmalarida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar, Safarbarlik chaqiruvi rezervi batalonidagi xizmatchilar ham tomoshabinlar safidan o‘rin oldi.

Qiziqarli va taassurotlarga boy o‘tgan teatr tomoshasi zalga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Asardagi kulgili voqealar aktyorlarning mahoratli ijrosi bilan tomoshabinlarning gulduros olqishiga sazovor bo‘ldi. Demak, dam olish kuni rejasiga muvofiq, maroqli hordiq ta’minlandi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati