Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitserlari malaka oshirish kursini tamomladi

0
892

Mudofaa vazirligining Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitserlari uchun O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi malaka oshirish fakultetida “Harbiy xizmatchilarda buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash asoslari” yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilgan navbatdagi malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan ofitserlarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi.

72 soatga mo‘ljallangan o‘quv reja va dasturlari Xalqaro islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlar idorasida faoliyat ko‘rsatayotgan yetakchi professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar jalb etilgan.

Mazkur o‘quv kurslarini tashkil etishning asosiy maqsadi sifatida tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitserlari tomonidan alohida toifadagi shaxslar bilan samarali targ‘ibot ishlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida ularga diniy sohada davlat siyosati, fuqarolarning yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolish sabablari va shart-sharoitlari, buzg‘unchi kuchlar g‘oyalariga qarshi kurashish uslublarini o‘rgatishdan iborat.

Kapitan Aziz Norqulov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti