Harbiy xizmatchilar “Yashil maydon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etmoqda

0
751

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda yashil maydonlarni kengaytirish maqsadida ilgari surilgan «Yashil makon» umummilliy loyihasi qisqa vaqt
butun respublikamiz bo‘ylab keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda va bu ishlar natijasida zaminimizning qiyofasi kundan kunga o‘zgarib yashnab bormoqda.

Xususan, Markaziy harbiy okrugi qo‘mondonligi boshchiligida Jizzax, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on hamda Navoiy garnizonlaridagi harbiy qism va muassasalarda, Mudofaa ishlar boshqarmasi va bo‘limlarida, harbiy shaharcha va “Vatanparvar” bog‘larida, dala-o‘quv maydonlarida bo‘sh turgan joylarni ko‘kalamzorlashtirish, yangi bog‘u-rog‘larni yaratish hamda yashil hududlarni kengaytirish borasida keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda.

Unga ko‘ra harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar xizmatchilari garnizonlarda ushbu “Yashil makon” umumilliy harakat loyihasini amalga oshirish boshlangandan buyon ekologik jihatdan foydali bo‘lgan 12 minga yaqin mevali va manzarali daraxtlarning ko‘chatini yerga qadashdi.

Amalga oshirilayotgan bu kabi umummilliy harakat tadbirlarida faol ishtirok etayotgan harbiy xizmatchilarning ham mehnati singayotganidan va yurtimiz chiroyiga chiroy qo‘shish bilan atrof-muhitni toza havo bilan ta’minlashda o‘z hissani qo‘shayotganidan benihoyat xursand.

Albatta, ularning bugungi mehnatining samarasida ushbu nihollarning ertaga ko‘kka bo‘y cho‘zib, sersoya daraxtga aylanishida va bu ezgu ishlari Ona tabiatimiz havosining tozaligiga va kislorodga boy muhitni paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent shahrida joylashgan harbiy qismlardan birining harbiy xizmatchilari hududlardagi yo‘l va ariq bo‘ylari, bo‘sh turgan joylarni ko‘kalamzorlashtirish, yangi bog‘lar yaratish hamda yashil hududlarni kengaytirish maqsadida “Yashil maydon” umummilliy loyihasi asosida 1000 dan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekdi.

Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga qarashli Chirchiq shahrida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari esa mazkur loyiha doirasida minglab ko‘chatlarni ekishni boshladi. 

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti