Samarqand va Jizzax viloyatlarida keng qamrovli yoshlar festivali o‘tkazildi

0
953

Samarqand viloyati bo‘ylab shahar va tumanlarida “Yoshlar oyligi” doirasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida davlatimiz rahbari ilgari surgan “Besh muhim tashabbus” asosida keng qamrovli festivallar o‘tkazilib kelinmoqda.  

Xususan, Narpay tumani markazida o‘tkazilgan festival erta tongdan harbiy orkestr sadolari ostida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” yurish marafoni hamda tonggi badantarbiya mashg‘ulotlari bilan boshlanib, festivalning asosiy qismiga navbat berildi. 

Unda viloyat va tuman sektor rahbarlari, Markaziy harbiy okrugning Kattaqo‘rg‘on garnizonidagi harbiy xizmatchilar, tuman mudofaa ishlar bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi, keng jamoatchilik hamda tumandagi aholi va yoshlar ishtirok etishdi.

Kattaqo‘rg‘on garnizonidagi harbiy qismda o‘tkazilgan “Yoshlik navolari” konsert dasturida esa harbiy xizmatchilari tomonidan qo‘l jangi sahnasi, faxriy qorovulning saf chiqishlari namoyishi etilib, yoshlarning vatanparvarlik tuyg‘usini oshirishga erishildi.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va shu yurtning ravnaqi yo‘lida ularning dahldorlik hissini oshirishni maqsad qilgan Jizzax garnizonidagi harbiy xizmatchilar eng olis hudud, ya’ni Yangiobod tumanida harbiy vatanparvarlik festivalini o‘tkazdi.

Umuman olganda, chegara oldi hududlarda o‘tkazilgan ushbu tadbirda harbiy orkestr ijrosida yangragan kuy-qoʻshiqlar, harbiylar va yoshlar tomonidan ijro etilgan sahna koʻrinishlari esa barchaga birdek manzur boʻlish bilan birga, yig‘ilganlarga unutilmas xotira sifatida muhrlandi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting