Termiz harbiy gospitali yubileyi tantanali nishonlandi

0
579

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugiga qarashli Termiz harbiy gospitali tashkil topganining 120 yilligi hamda Tibbiyot xodimlari kuni tantanali tarzda nishonlandi.

Unda Surxondaryo viloyatidagi mutasaddi tashkilotlar, okrug qo‘mondonligi, Termiz harbiy prokuraturasi, Qurolli Kuchlar faxriylari, harbiy xizmatchilar va o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida mas’ullar so‘zga chiqib, qutlug‘ ayyom bilan soha fidoyilarini samimiy tabrikladi. Shuningdek, marosimda harbiy gospital tarixi va bugungi kunda tibbiyot xodimlarining jamiyatdagi o‘rni haqidagi fikr-mulohazalar tinglandi.

Shundan so‘ng bir guruh harbiy xizmatchilar va tibbiyot xodimlari faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Termiz garnizoni harbiy orkestrining kuy-qo‘shiqlari esa yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV,
Termiz garnizoni.