Harbiy qismda “Uch avlod uchrashuvi” oʻtkazildi

0
829

Chirchiq shahridagi harbiy qismda “Keksalar yoshlar nigohida” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” va “Ochiq eshiklar kuni” boʻlib oʻtdi. Unda  Chirchiq shahar Nuroniy jamg‘armasi, faxriylar, kursantlar, hududdagi maktab, litseyning o‘quvchi yoshlari hamda Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabalari ishtirok etdi.

Dastavval tashrif buyurganlar harbiy qismda harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. O‘quvchi yoshlar esa zamonaviy o‘q otish xonasida amaliy mashqlar bajardi.

Shundan so‘ng, harbiy qismda qurol-aslaha ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Harbiy xizamtchilar yig‘ilganlarga ularning taktik-texnik tasnifi, ishlatish texnikasi haqida ma’lumotlar berdi.

Mazkur tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad — Prezidentimizning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan murojaatnomasida nazarda tutilgan vazifalar ijrosini taʼminlash, — deydi Chirchiq shahar hokimining keksalar va faxriylar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Nuroniy jamg‘armasi raisi Olimjon Yo‘ldoshev. — Qolaversa, bugungi kunda jamiyatimizdagi faol keksalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning turmush darajasi va ijtimoiy faollliklarini yanada oshirish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Bugungi tadbir ham uch avlodning o‘zaro yaqinlashuvi, fikr almashishiga xizmat qilmoqda.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, inson qadrini ulugʻlashga qaratilgan amaliy ishlarga alohida toʻxtalib oʻtildi. Ayniqsa, keksalarning boy hayotiy tajribasini yoshlarga yetkazish, ular bilan hamisha muloqotda boʻlish, taʼlim-tarbiyasiga eʼtibor qatarishning ahamiyati haqida soʻz yuritildi.

Mudofaa vazirligi faxriylari, mahalla faollari, mehnat faxriylari va oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida kechgan savol-javoblar yuqori kayfiyatda oʻtdi. Tadbir yakunida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda jombozlik koʻrsatib kelayotgan keksalar maslahati guruhi faollari va aʼlo oʻqish bilan birga jamoat ishlarida faol universitet talabalari, “Qalqon” jasorat maktabi aʼlochi oʻquvchilari va harbiy xizmatchilar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Ro‘ziqul Ochilov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting