“Gʻalaba bogʻi”da uch avlod uchrashuvi oʻtkazildi

0
1487

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti hamda Qurolli Kuchlar shon-sharaf muzeyi bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Zangiota tumani va Olmaliq shahrida joylashgan umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari uchun “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida “Uch avlod uchrashuvi” oʻtkazildi.

Unda Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti shaxsiy tarkibi, faxriylar, oʻquvchi yoshlar, bogʻ maʼmuriyati hodimlari hamda kursantlar ishtirok etdi.

Tadbirda soʻz olganlar mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ular uchun mavjud imkoniyatlar toʻgʻrisida eslatib oʻtishdi. Shuningdek, barpo etilgan mazkur bogʻ mamlakatimizning Ikkinchi jahon urushida gʻalaba uchun qoʻshgan ulkan hissasini eslatib turishini ham taʼkidlab oʻtishdi. Shu bilan birgalikda yoshlarga harbiy institut toʻgʻrisida maʼlumotlar ham berib oʻtildi. Uchrashuv soʻngida muzey maʼmuriyati yoshlarni majmua boʻylab ekskursiyaga taklif qildi.

Sherzod EGAMBERDIYEV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting