Bo‘lajak kursantlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini musobaqasi o‘tkazildi

0
570

Farg‘ona “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “Amir Temur va Temuriylar davri tarixi bilimdoni” mavzusida “Zakovat” intellektual o‘yini musobaqasi o‘tkazildi.

Unda Mudofaa vazirligiga qarashli Farg‘ona “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining “Temurbeklar” hamda Ichki ishlar vazirligiga qarashli Farg‘ona akademik litseyining “Bo‘lajak kursantlar” jamoalari o‘zaro bellashdi.

Musobaqani xolis kuzatib borish, o’yinning shaffof va haqqoniy baholanishida soha mutaxassislaridan iborat hakamlar hay’atining o‘rni katta bo‘ldi.

Murosasiz o‘tgan bellashuv natijalariga ko‘ra, “Temurbeklar” jamoasi mutlaq g‘oliblikka erishdi va tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Shu kuni mehmonlar muassasadagi ta’lim jarayonlari, yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, “Amir Temur” va “Jaloliddin Manguberdi” xonalari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, ular “O‘q otish shaharchasi”da bo‘lib, u yerda o‘quvchilarning harbiy mashqlar jarayonini kuzatdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati