JG‘MHO chorvachilik-naslchilik fermasi tadbirkorlik subyektlariga ijaraga beriladi

0
345

Harbiy qism va muassasaning nomi: JGʻMHO moddiy taʼminot boshqarmasi.

Pochta manzili: Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri, Beshkent yoʻli shossesi 3 km.

Telefon: 97-475-05-07, 94-841-86-87, 75-228-00-87, 94-726-80-66,
75-228-00-74, 91-453-43-33, 75-228-00-93.

Obyekt nomi: chorvachilik-naslchilik kompleksi.

Joylashgan joyi: Surxondaryo viloyati Termiz tumani, “Ayritom” MFY Fidoyilar koʻchasi 8b-uy.

Tavsifi: Chorvachilik-naslchilik fermasida mavjud maʼmuriy va molxona xoʻjalik binolari, molxona va omborxona binolarining tegishli hududi. Jami maydoni 659,4 gektar boʻlib, shundan ekin yer maydoni 569.,1 gektar, yaylovlar 2,1 gektar, boʻz yerlar 7 gektar, ariq va zovurlar 15,9 gektar, yoʻllar 4,7 gektar, baliqchilik koʻli 3,0 gektar, qurilish bilan band yerlar 18,8 gektar va boshqa yerlar 38,8 gektar.

Sut qayta ishlar sexi (bir kunlik mahsulotni qayta ishlash quvvati 1,5 tonna). Yirik shoxli hayvonlar jami 1 096 bosh, shundan sogʻin sigirlar 370 bosh, gʻunajinlar 24 bosh, 2 yoshdan katta urgʻochi tanalar 112 bosh, 1 yoshdan oshgan urgʻochi tanalar 93 bosh, 6 oygacha boʻlgan erkak buzoqlar 54 bosh, 6 oygacha boʻlgan urgʻochi buzoqlar 57 bosh, 6 oydan 1 yoshgacha boʻlgan erkak buzoqlar 129 bosh, 6 oydan 1 yoshgacha boʻlgan urgʻochi buzoqlar 69 bosh, 1 yoshdan 2 yoshgacha boʻlgan urgʻochi tanalar 51 bosh, 1 yoshdan 2 yoshgacha boʻlgan buqalar 41 bosh, 2 yoshdan katta buqalar 47 bosh, 2 yoshdan katta urgʻochi tanalar 14 bosh, brak sigirlar 35 bosh. Mayda shoxli hayvonlar jami 86 bosh, shundan sovliqlar 37 bosh, erkak tuxli 4 bosh, urgʻochi tuxli 28 bosh, erkak qoʻzilar 11 bosh, urgʻochi qoʻzilar 9 bosh. Qishloq xoʻjaligi texnikalar 34 dona.

Sheriklik loyihasini amalga oshirish shartlari: Chorvachilik-naslchilik fermasida mavjud maʼmuriy va molxona xoʻjalik binolari, molxona va omborxona binolarining tegishli hududi 0 (nol) qiymatda uzoq muddatli ijaraga beriladi. Chorvachilikni kompleksida rivojlantirish, hayvonlar bosh sonini ushlab turgan holda zotlisiga bosqichma-bosqich almashtirish, yerlardan unumli foydlanish. Yil davomida olingan daromaddan 50 foizini (qilingan xarajatlarni chiqarib tashlagandan soʻng) Mudofaa vazirligining tegishli hisob raqamiga koʻchirib berish.

Sheriklikni amalga oshirish boʻyicha talab etiladigan investitsiyaning eng kichik hajmi: 9 milliard soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda investitsiya kiritish.

Tanlov oʻtkaziladigan sana: 2023-yil 20-iyun kuni.

Tanlov oʻtkaziladigan vaqti: soat 10:00

Tanlov oʻtkaziladigan joyi: Surxondaryo viloyati Termiz tumani, “Ayritom” MFY Fidoyilar koʻchasi 8b-uy.

Tanlov takliflari qabul qilinadigan oxirgi muddat: 2023-yil
17-iyun kuni.

TALAB QILINADIGAN HUJJATLAR:

Tanlovda ishtirok etish uchun tadbirkorlik subyekti hisoblangan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor harbiy qism va muassasalarga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza beradi:

  • davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma;
  • soliqlar, yigʻimlar, boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik hamda boshqa moliyaviy sanksiyalar yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
  • mahsulot yetishtirish va ishlarni bajarish boʻyicha loyihaviy taklif;
  • loyihaviy taklifning texnik-iqtisodiy koʻrsatgichlari.

Qayta tashkil etilayotgan, tugatilayotgan yoki bankrot boʻlayotgan, mol-mulki xatlangan daʼvogarlarning tanlovda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting