Nukusda muddatli harbiy xizmatchilarning amaliy koʻnikmalari mustahkamlandi

0
831

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugda muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlar amaliy koʻnikmalarini taktik maxsus mashgʻulotida mustahkamlamoqda.

Nukus shahrining Otchopar maydonida garnizonda joylashgan harbiy qismlarning transport vositalari haydovchilari lavozimidagi muddatli harbiy xizmatchilarning kasbiy mahorat va malakasini oshirish, murakkab vaziyatlarda oʻziga biriktirilgan qurol va harbiy texnikadan oqilona foydalana olish koʻnikmasini shakllantirish, har qanday vaziyatda qoʻyilgan oʻquv-jangovar vazifalarni sifatli bajarilishini taʼminlash uchun harbiy transport vositalarini boshqarish boʻyicha amaliy mashgʻulot tashkil etildi.

Oʻquv mashgʻuloti tongda shartli signal bilan boshlanib, unda haydovchilar harbiy texnikalarni yuqori jangovar shaylik holatiga keltirishi va qisqa vaqtda harbiy qismning avtomobil va jangovar texnikalarni saqlash parkidan chiqib ketishi belgilandi.

Taktik maxsus mashgʻulotida haydovchilik lavozimida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlar shtatdagi avtomobil texnikalarda murakkab mashqlarni bajarishi, yuqori tezlikda transport vositalarini kolonnada boshqarishi, zararlangan hududlar va oʻtuvchanligi qiyin boʻlgan joylardan texnikani haydab oʻtishi kabi mashqlarni bajardi.

Haydovchilik mahoratiga ega boʻlgan askarlar mushgʻulot davomida avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish, shartli kichik nosozliklarni aniqlash va ularni qoʻl ostidagi ish qurollari yordamida bartaraf etishni amalda namoyish etdi.

Askarlar toifasidagi harbiy xizmatchilarning haydovchilik mahoratini yuksaltirish, ularda har xil vaziyatlarda texnikani tezkorlik bilan foydalanish uchun shay holatga keltirish, harbiy intizom, oʻziga boʻlgan ishonch va qatʼiyatni tarbiyalash, texnikani soz va shay holatda saqlashga oʻrgatishga qaratilgan mashgʻulot davomida harbiy qismning malakali mutaxassislari barcha jarayonlarni diqqat bilan nazorat qildi. Mashgʻulot davomida ishtirokchilarning texnika xavfsizligi talablariga rioya etilishi taʼminlandi.

Mashgʻulot davomida haydovchilarning yoʻl harakati qoidalari hamda yoʻl-ishora belgilarini bilishi, transport vositalarini xavfsiz boshqara olishi, nostandart vaziyatlarda toʻgʻri qarorlarni tez va ishonchli qabul qilishi boʻyicha nazariy bilim va amaliy koʻnikmalari baholandi.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting