Samarqand va Jizzaxda yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi

0
1170

Ayni kunlarda yurtimiz boʻylab “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik! shiori ostidagi oʻtkazilayotgan “Yoshlar oyligi” doirasida Markaziy harbiy okrugning Samarqand va Jizzax garnizonlaridagi harbiy qismlarda Yoshlar ittifoqi viloyat kengashlari, shahar va tuman mudofaa ishlari boʻlimi bilan hamkorlikda yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Harbiy orkestr sadolari ostida kutib olingan yoshlarga dastlab harbiy qismlarda yaratilgan shart-sharoitlar bilan birga, sharafli va mashaqqatli kasb egalarining kundalik hayoti, harbiy texnika va qurol-aslahalar koʻrgazmasi namoyish etildi.

Bundan tashqari, yoshlar uchun harbiy qismlarda tashkil etilgan tarix oʻquv binolarida buyuk sarkardalarimiz sohibqiron Amir Temur va sulton Jaloliddin Manguberdining hayoti hamda ularning jang sanʼatiga bagʻishlangan oʻquv darslari oʻtkazildi.

Shuningdek, tadbir doirasida “Komandir va yoshlar uchrashuvi”, “Men ham Vatan himoyachisi boʻlaman” va “Mard askar yoshlarga naʼmuna” mavzularida ham ostida tadbirlar tashkil etilib, unda Qurolli Kuchlarimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar, oliy harbiy bilim yurtlarida taʼlim olish uchun hozirdan nimalarga eʼtibor qaratish kerakligi boʻyicha maʼlumotlar berildi.

Umuman olganda harbiy xizmatchilar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar, yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar yoshlarni boʻsh vaqtlarini maroqli oʻtkazish, buyuk ajdodlarimiz haqidagi tasavvuri va bilimlarini yanada boyitish hamda kelajakda harbiy boʻlishga boʻlgan ishtiyoqini yanada oshirdi desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting