Vodiy viloyatlarida harbiy-vatanparvarlik festivallari davom etmoqda

0
918

Yoshlarda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirish hamda Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash kabi maqsadlarni ilgari surgan holda harbiy-vatanparvarlik festivallari, yoshlar sayllari va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda.

Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi Andijon Qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida “Bilim va tafakkurimiz – shu el uchun, shu yurt uchun!” shiori ostida oʻtkazildi. Tadbir Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Andijon garnizonidagi harbiy qism va Yoshlar ittifoqi Andijon viloyat kengashi bilan hamkorlikda tashkillashtirildi.

Tadbirda harbiy xizmatchilar tomonidan namoyish etilgan koʻrgazmali chiqishlar talaba yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Harbiy orkestr jamoasi tomonidan esa vatanparvarlikni tarannum etuvchi hamda yoshlarga bagʻishlangan kuy-qoʻshiqlar ijro etilgani tadbirning chinakkam bayramona tus olishiga xizmat qildi.

Umuman olganda, festivalda ishtirok etgan har bir yurtdoshimiz xalq va armiya yakdil ekanligiga yana bir bor amin boʻldi, ona Vatanni va tinchlikni qadrlashga bag‘ishlangan suhbatlar esa esa andijonlik yoshlar xotirasidan ancha vaqtga qadar o‘chmasligi shubhasiz.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting