Harbiy-ilmiy kengashning navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi

0
2813

Bugun, 6-iyun kuni Mudofaa vazirligi markaziy apparatida Harbiy-ilmiy kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i, Harbiy-ilmiy kengash raisi, Oliy harbiy ta’lim muassasalari rahbarlari, kengash aʼzolari, konfrens-aloqa orqali esa okrug qoʻmondonliklari, harbiy oliy taʼlim bilim yurti rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.

Yigʻilishda harbiy ilm-fan va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, qoʻshinlar faoliyatiga ilgʻor innovatsion texnologiyalarni joriy etish, mamlakat harbiy xavfsizligini taʼminlash va Qurolli Kuchlarni rivojlantirish sohasida qabul qilinayotgan qarorlarni ilmiy asoslash, zamonaviy ilm-fanning dolzarb muammolarini oʻrganish, ilmiy prognozlash va istiqbolni belgilash kabi vazifalar xususida soʻz bordi.

O‘tgan yig‘ilishlarda ilmiy va innovatsion faoliyatga doir bir qancha vazifalar belgilab olingandi, bugungi yig‘ilish davomida esa ularning ijrosi va erishilgan natijalar tahlil qilindi. Zero, har bir masala yechimi mudofaa salohiyati takomillashishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, yig‘ilishda kun tartibidagi barcha masalalar muhokama etilib, sohani yanada jadallashtirish borasida taklif va tavsiyalar berildi. Kengash yig‘ilishida muhokama qilingan mavzular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting