Harbiy qismlarda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

0
692

Barchangizga maʼlumki, yurtimiz boʻylab “Yangi Oʻzbekiston – yoshlar mamlakati!” shiori ostida “Yoshlar oyligi” o‘tkazilmoqda. Xususan, Mudofaa vazirligiga qarshli Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida va Gʻuzor tumanida joylashgan harbiy qismlarda oylik doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari tashkil etildi. Tadbirda “Alan”, “Mashʼal”, “Botosh” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi bir guruh yoshlar ishtirok etdi.

Dastlab yoshlarga harbiy qismlarda yaratilgan shart-sharoitlar hamda harbiy tarix muzeylari yaqindan tanishtirildi. Jangovar va maxsus texnikalar hamda qurol-aslahalar koʻrgazmasi esa tashrif buyurgan yoshlarda katta taassurot uygʻotdi.

Tadbir davomida yoshlar panoramali oʻq otish trenajor xonalarida boʻlishib, harbiy xizmatchilar ishtirokida real voqelikka yaqinlashtirilgan shartli dushmanlarni yakson qilishda bevosita ishtrok etishdi.

Harbiy qismlarning majlislar zalida o‘tkazilgan uchrashuvda esa soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda barcha sohalar singari milliy armiyamizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil maʼlumotlar berdi. Yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga esa soha mutaxassislaridan batafsil javob oldilar.

Ta’kidlash kerakki, kabi tadbirlarning oʻtkazilishi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muh im omil boʻlib xizmat qilmoqda.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting