Joylarda vatanparavarlik festivallari davom etmoqda

0
622

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida joylashgan “Bolajon” bogʻida “Yoshlar oyligi” munosabati bilan harbiy-vatanparvarlik festivali oʻtkazildi. Unda Termiz va Xayrobod garnizonidagi harbiy qismlar, Yoshlar ishlar agentligi, Yoshlar ittifoqi viloyat boshqarmalari, davlat va jamoat tashkilotlari, faxriylar, mahallalar yoshlari ishtirok etdi.

Festival davomida soʻz olganlar mamlakatizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar va oʻtkazilayotgan “Yoshlar oyligi” xususida toʻxtalib, barchani uning doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etishga chorladi.

Shuningdek, Jizzax viloyatining Forish tumanida, Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon va Paxtachi tumanlarida, shu bilan birga, Navoiy shahrida va Navbahor tumanlarida ham harbiy vatanparvarlik festivallari oʻtkazildi.

Festival doirasida faxriylar, harbiylar bilan yoshlar oʻrtasida uchrashuv va muloqotlar, madaniy-maʼrifiy tadbirlar hamda harbiy texnikalar va qurol-aslahalar koʻrgazmalari aholi, ayniqsa, yoshlarda katta taassurot qoldirmoqda.

Yurt posbonlarining qoʻl jangi usullari boʻyicha sahnasi, faxriy qorovullarning saf chiqishlari tadbirda ishtirok etgan yoshlarga oʻzgacha gʻurur bagʻishlab, ularda harbiylikka qiziqish uygʻotayotgan boʻlsa ajab emas.

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting