Kattaqo‘rg‘ondagi harbiy qismda qayta ta’mirdan chiqqan o‘quv binosi foydalanishga topshirildi

0
971

Milliy armiyamizdagi islohotlar soʻngi yillarda yuqori darajaga koʻtarildi. Bunga hamohang tarzda qoʻshinlarning jangovar shayligi-yu harbiy xizmatchilarning kasbiy mahoratini yanada oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Markaziy harbiy okrug Kattaqoʻrgʻon garnizonidagi harbiy qismlarning biridagi amaliy ishlar ham bunga bir misol boʻla oladi.

Zamonaviy oʻquv qurollari, moddiy texnik baza, 20 dan ortiq sinfxona, sport majmuasiyu yotoqxona va hokazo — bularning barchasi Markaziy harbiy okrugning Kattaqoʻrgʻon garnizonidagi mazkur harbiy qismning qayta taʼmirlangan yangi oʻquv binosida mujassam.

Tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston armiyasining bugungi kuch-qudrati, Mudofaa tizimidagi oʻzgarishlar-u yurt posponlarining jangovar salohiyati haqida soʻz bordi. Mazkur binoni foydalanishga topshirilishi ham ana shu amaliy ishlarning davomi va harbiy xizmatchilarimizga qaratilayotgan yana bir eʼtibor namunasi ekanligi taʼkidlandi. Ofitserlar, harbiy xizmatchilar, hokimlik va keng jamoatchilik vakillari bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Albatta, Markaziy harbiy okrug “Amir Temur” jangovar bayrogʻini qoʻlga kiritishida Kattaqoʻrgʻon garnizoning ham alohida oʻrni bor. Boisi, garnizonda xizmat qilayotgan harbiylar nafaqat Mudofaa vazirligi miqyosida oʻtkazilgan musobaqalar balki, xalqaro musobaqalarda, amaliy oʻquvlarda faol ishtirok etdi. Xususan, Xalqaro armiya oʻyinlarida ular 2022-yilda “Men gʻolib” shiori ostida vazirlik miqyosida boʻlib oʻtgan “Eng ilgʻor artilleriya hisobi” musobaqasida hamda joriy yil Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida oʻtkazilgan Artilleriyadan otish va oʻt ochishni boqarish konkurisi”da umumjamoa hisobida faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Bir soʻz bilan aytganda Kattaqoʻrgʻon garnizonida olib borilayotgan amaliy ishlarda asosiy eʼtibor jangovar shaylikni yanada oshirish, oʻgʻlonlarni har tomonlama chiniqtirishu yurt tinchligini taʼminlash kabi islohotlarga qaratilgan.

Abror Toshmatov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting