Fargʻonada harbiy-vatanparvarlik festivali oʻtkazildi

0
833

Fargʻona shahrida joylashgan Islom Karimov nomidagi Fargʻona viloyati teatr va konsert saroyida Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi tomonidan “Yangi Oʻzbekiston — yoshlar mamlakati!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali oʻtkazildi.

Tadbirda okrug qoʻmondonligi, Fargʻona garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari, harbiy orkestr jamoasi, “Vatanparvar” tashkilotining Fargʻona viloyat kengashi, hamkorlikdagi tuzilmalar, yoshlar va viloyat aholisi ishtirok etdi. Tadbir avvalida ushbu festivaldan koʻzlangan maqsad, bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlarimizda qaratilayotgan eʼtibor toʻgʻrisida soʻz yuritildi.

Festival doirasida harbiy orkestr jamoasi tomonidan vatanparvarlik ruhidagi va shoʻx kuy-qoʻshiqlar, faxriy qorovul jamoasi bilan birgalikdagi maxsus chiqishlar, koʻrgazmali qoʻl jangi hamda harbiy xizmatchilar tomonidan turli chiqishlar namoyish etildi. Shuningdek, harbiy xizmatchilar va “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan koʻrgazmalar ham tashkil etilib, yoshlarda katta qiziqish uygʻotdi.

Mazkur harbiy-vatanparvarlik festivali yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat ulashish bilan bir qatorda ulardagi vatanparvarlik hissini oshirishga xizmat qilgan bo‘lsa ajab emas.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting