Termiz harbiy gospitalida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi

0
1081

Yurtimizda harbiy xizmatchilar salomatligini asrash, ularni davolash va sogʻlomlashtirish ishlariga katta eʼtibor qaratilib, harbiy gospitallar zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar va sharoitlar bilan taʼminlanmoqda. Xususan, Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz harbiy gospitalida ham keng koʻlamli qurilish-taʼmirlash ishlari boshlab yuborilgan.

Loyiha doirasida uch qavatli majmuaviy bino qurish, jonlantirish va 4 ta jarrohlik amaliyoti oʻtkaziladigan blok, lor, stomatologiya, koʻz kasalliklar boʻlimi, laboratoriya, qabul boʻlimi va shtab binolarini taʼmirlash, yangi nazorat oʻtkazish punkti, oshxona hamda muhandislik tarmoqlarini qurish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, ikki qavatli bino kapital taʼmirdan chiqarilmoqda. Hozirda loyiha boʻyicha qurilish-taʼmirlash ishlari davom ettirilmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov va Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug Janubiy operativ qoʻmondonligi boshligʻi polkovnik Poʻlatjon Sativaldiyev Termiz harbiy gospitalida boʻlib, bu yerda amalga oshirilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlarining borishi bilan tanishdi.

Soha masʼullari va quruvchilar o‘z taqdimotlarini namoyish etdi. Qurilish ishlarini sifatli amalga oshirish, zamonaviy sharoitlar va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash, shuningdek, qurilish hududidagi daraxtlarga ziyon yetkazmaslik choralarini koʻrish boʻyicha vazifalar belgilab berildi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting