“Yoshlar oyligi” doirasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari o‘tkazildi

0
730

“Yoshlar oyligi” doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan jadal islohotlar xalq farovonligi, yurt taraqqiyoti, yoshlarning porloq kelajagini ta’minlash borasidagi ezgu ishlar, yoshlar uchun berilgan imkoniyatlar va yaratilayotgan shart-sharoitlarni keng targ‘ib etish maqsadida Markaziy harbiy okrugning Jizzax, Samarqand va Kattaqo‘rg‘on garnizonlaridagi harbiy qismlarda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Tadbirda harbiy qism komandirlari va mussasalar boshliqlari, Mudofaa vazirligi huzuridagi Faxriylar kengashi a’zolari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi vakillari hamda mahallalardagi uyushmagan yoshlar va harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan rahbarlar Qurolli Kuchlarimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoyalash, muddatli harbiy xizmatga borish va ishga qolish tartibi, oliy harbiy ta’lim muassasalarining imtiyozlari, shuningdek, yurt himoyachilari erishayotgan yutuqlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Shu bilan birga, uchrashuvda respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, har bir yosh kelajakda o‘z o‘rnini topishi lozimligi ta’kidlandi.

Uchrashuvlardan so‘ng, yoshlarga Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi hamda harbiy qism rahbariyatining badiiy adabiyotlar to‘plami hamda esdalik sovg‘alari ulashildi. Shuningdek, mehmonlar harbiy qism va muassasalarda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting