Termizda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi

0
1514

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan Termiz davlat universiteti binosida talaba yoshlar bilan “Yangi Oʻzbekiston — yoshlar mamlakati!” shiori ostida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.

Tadbir Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy qism komandiri bilan oʻtkazildi. Uchrashuv avvalida harbiy qism komandiri polkovnik Azizbek Sadikov harbiy xizmat yillari hamda harbiy qism shonli tarixi va erishgan yutuqlari toʻgʻrisida yoshlarga maʼlumot berdi.

Shundan soʻng, yoshlarning taklif va murojaatlari tinglandi. Tadbir davomida yoshlar tomonidan universitet yoshlari bilan “Harbiy qismda bir kun” mavzusida harbiylar faoliyati bilan yaqindan tanishish masalasi koʻtarildi, va ushbu iltimos rahbar tomonidan qoʻllab-quvvatlanib, “Yoshlar oyligi”ning oʻzida harbiy qismda oʻtkazilishi boʻyicha kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida oʻquv yili davomida harbiy qism oʻrtasida oʻtkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etgan bir guruh universitet yoshlari kitoblar toʻplami bilan taqdirlandi. Termiz garnizoni harbiy orkestri jamoasi Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlari bilan yoshlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni      

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting