Habiy orkestr jamoasining konsert dasturlari

0
1262

“Yoshlar oyligi” doirasida joylarda turli madaniy va ma’rifiy tadbirlar tashkil etilayotgani ertamiz egalari dilidagi vatanparvarlik hislarini oshirishga qaratilgan. Qarshi garnizoni harbiy orkestr jamoasi ham shu kabi ezgu maqsadlar yo‘lida aholi koʻplab yigʻiladigan joylarda, istirohat bogʻlarida sayyor konsert dasturlari namoyish etmoqda.

Xususan, Qarshi shahrida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi istirohat bogʻi ayni kunlarda qaynoq qalbli yoshlar bilan gavjum. Harbiy orkestr jamoasi tashrifini maskan ahli yuqori kayfiyatda kutib oldi. Turli sozlar uygʻunligida taralayotgan kuylar aholi vakillari, ayniqsa, yoshlar uchun yuqori kayfiyat manbai boʻlib xizmat qildi.

Yoz oylari Qarshidagi viloyat musiqali drama teatri binosi atrofi shaharli aholisi bilan toʻlib-toshadi. Qarshi garnizoni harbiy orkestr jamoasining kun davomidagi soʻnggi konsert dasturi aynan shu yerda tashkil etildi. Baxtiyor oilalar, shodon bolajonlar koʻzlaridagi quvonchdan namoyish etilayotgan dasturlar barchaga birdek manzur boʻlganini sezish mumkin.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting