Joylarda harbiy-vatanparvarlik festivallari o‘tkazilmoqda

0
799

Yurtimizda “Yoshlar oyligi”ning boshlanishi munosabati bilan Markaziy harbiy okrugning Jizzax, Samarqand hamda Navoiy garnizonlarida “Yangi Oʻzbekiston — yoshlar mamlakati!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivallari o‘tkazildi.

Okrug hududidagi harbiy qismlar, Mudofaa ishlar boshqarma va bo‘limlari, viloyat Yoshlar ishlar agentligi, Yoshlar ittifoqi hamda O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining viloyati kengashlari tomonidan o‘tkazilgan festivallarda aholi va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishtirok etuvchilar o‘rtasida hunarmandchilik, rassomchilik, she’riyat va kitobxonlik tanlovlari hamda sport musobaqalari o‘tkazildi.

Festivallarning badiiy qismida esa harbiy orkestr jamoalari hamda taniqli sanʼatkorlar Vatanga muhabbatni tarannum ettiruvchi kuy-qo‘shiqlari bilan barchaning ko‘ngliga bayramona kayfiyat ulashdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting