Farg‘onada ham umummilliy loyiha davom etmoqda

0
563

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlaridagi harbiy xizmatchilar ham atrof-muhit va ekologiyaga o‘z hissalarini qo‘shib kelishmoqda.

Xususan, Qo‘qon shahrida joylashgan harbiy qismlardan birining harbiy xizmatchilari «Yashil makon» umummilliy loyihasida faol ishtirok etgan holda, harbiy shaharcha va harbiy qism hududiga reja asosida 2000 dan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlarini ekdi.

Mazkur nihollar yillar o‘tib katta daraxtlarga aylanishi hamda harbiy qism va harbiy shaharchaning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shishi, atrof-muhitni toza havo bilan ta’minlashi shubhasiz.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati