“Yashil makon” loyihasi davom etmoqda

0
697

Hashar xalqimizning eng qadimiy va boqiy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida xalqimizga bo‘lgan mehr-muhabbat, yurtni sevish, ardoqlash kabi eng go‘zal xislatlar mujassam.

Jizzax garnizonidagi harbiy xizmatchilar faol yoshlar ishtirokida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 4500 tupdan ortiq daraxt va buta ko‘chatlari ekdi. Ushbu hududda oy yakuniga qadar 10 ming tup daraxt va buta ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan.

Bu kabi xayrli ishlar kelgusida yurtning obod va farovon bo‘lishiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Hududlardagi yo‘l va ariq bo‘ylari, bo‘sh yotgan va tashlandiq maydonlarni ko‘kalamzorlashtirish, yangi bog‘lar yaratib, yashil hududlarni kengaytirish mamlakatning chiroyiga chiroy qo‘shadi.

Shuningdek, Jizzax, Samarqand, Navoiy viloyatlarida ham mazkur jarayon qizg‘in tarzda o‘tdi. Harbiy xizmatchilar va faol yoshlar 14,5 mingdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekdi.

Bugun ekilgan bir dona nihol erta katta daraxtga aylangach, uning soyasi-yu mevasidan katta-yu kichik birdek bahramand bo‘lsa, ko‘zlangan maqsadga erishiladi.

Markaziy habiy okrug matbuot xizmati