Bolajonlarga quvonch ulashayotgan tadbirlar

0
1110

Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir! Binobarin, ularni asrab-avaylash, Vatanga sadoqatli, jasur va har tomonlama barkamol boʻlib ulgʻayishida barchamiz birdek masʼulmiz. 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent va Uchquduq shaharlaridagi harbiy qismlarning birida tadbirlar tashkil etildi.

Harbiy xizmatchilarning farzandlariga xush kayfiyat ulashgan tadbirlar avvalida soʻz ustalari, ertak va multfilm qahramonlari turli sahna koʻrinishlari bilan chiqish qilib, yigʻilganlarga bir olam quvonch ulashdi. Oʻndan ortiq sport turlari boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalar esa tadbirga yanada fayz va koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

Shuningdek, bolalarga quvonch ulashish maqsad qilingan bu kabi tadbirlar Termiz va Kakaydi garnizonlarida joylashgan harbiy qismlarida ham tashkil etildi.

 

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting