Harbiy qism tashkil topgan kun nishonlandi

0
3290

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug Nukus garnizonidagi harbiy qism tashkil topgan sana munosabati bilan tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirning ochilishida Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Farhodjon Shermatov ishtirok etib, harbiy qismning shonli tarixi, yillar davomida erishilgan yutuqlari haqida soʻzlar ekan, shaxsiy tarkibni bayram bilan samimiy qutladi.

Eʼtirof etish kerakki, soʻnggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar doirasida harbiy qismning koʻrinishi butunlay oʻzgacha koʻrinishga ega boʻldi. Yangi va zamonaviy infratuzilmaga ega binolar, oʻquv sinflari, yotoqxona, tibbiyot punkti, oshxona va kutubxona bugun askarlar uchun xizmat qilmoqda. Bu kabi shart-sharoitlar harbiy xizmatchining jangovar shayligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Buning yaqqol misoli sifatida harbiy xizmatchilarning Mudofaa vazirligi, respublika hamda xalqaro tanlovlardagi yuqori natijalarga boy ishtirokini aytib oʻtish joiz. Har yili mazkur harbiy qismning harbiy xizmatchilari va Qurolli Kuchlar xizmatchilarining yuksak darajadagi xizmatlari ragʻbatlantirilib, davlat mukofotlariga sazovor boʻlib kelmoqda.

Tadbir doirasida bir guruh harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar xizmatchilari harbiy okrug qoʻmondonligi hamda harbiy qism komandirining faxriy yorligʻi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Oʻzbek va qoraqalpoq estrada xonandalari hamda Nukus garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazi harbiy orkestr jamoasining shoʻx-shoʻx taronalari tadbirga xushkayfiyat ulashdi.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting