Baxtiyor bolalik aks etgan tadbir

0
855

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Qarshi shahrida joylashgan harbiy shaharchada 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni tantanali nishonlandi.

Keng maydon boʻylab bolajonlar quvonchi uchun xizmat qiladigan bayram sahnasi, koʻchma oʻyingoh, rassomlar shaharchasi, hunarmand bolajon, kitobim – oftobim singari bir-biridan qiziqarli va foydali maskanlar yaratildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy harbiy Aviatsiya bilim yurti orkestr jamoasining shoʻx kuy-qoʻshiqlari harbiy shaharchaga haqiqiy bayram shukuhini olib kirdi.

Viloyat qoʻgʻirchoq teatri ijodkorlari tomonidan vatanni sevishga, doʻstlikni qadrlashga undovchi chuqur maʼnoga ega “Qichqir xoʻrozcha” spektakli namoyishi esa kichkintoylar uchun foydali va qiziqarli boʻlgani shubhasiz.

Shuningdek, okrug psixologlari jamoasi tomonidan bolalarning yosh toifalariga koʻra turli sport va aql bellashuvlari tashkil etilib, gʻoliblar taqdirlab borildi.

Hayrat bilan porlayotgan begʻam nigohlar, shodon kulgular zamirida harbiy xizmatchilarning oila aʼzolariga berilayotgan cheksiz eʼtibor va gʻamxoʻrlik namumalari mujassam. Jarayonlarni kuzatib turgan kishini hayolot olami baxtli bolalikning begʻubor lahzalari tomon yetaklaydi.

Bayram tadbiri barcha kichkintoylar uchun unutilmas onlarni tuhfa etdi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting