“Shunqorlar” harbiy-sport oʻyinlarining Samarqand viloyati bosqichi oʻtkazildi

0
562

Markaziy harbiy okrugning “Sazagan” dala oʻquv maydonida Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti markaziy kengashining raisi kubogi uchun oʻtkazilayotgan “Shunqorlar” harbiy-sport oʻyinlarining Samarqand viloyati bosqichi otkazildi.

Mazkur musobaqada yoshlar harbiylashtirilgan estafeta, turnikda tortilish, granata uloqtirish, 1000 va 100 metrga yugurish, pnevmatik quroldan oʻq otish hamda Oʻzbekiston tarixiga doir bilimlari sinovdan oʻtkazildi.

Shuningdek, “Eng mohir mergan”, “Eng yaxshi granata uloqtiruvchi”, “Eng tezkor estafeta ishtirokchisi”, “Eng yaxshi duatlonchi”, “Eng yaxshi sportchi” va “Eng yaxshi bilimdon” nominasiyalari boʻyicha shaxsiy birinchiliklar ham oʻtkazildi.

“Shunqorlar” harbiy-sport o‘yinlari davomida yoshlarning musobaqa shartlarini bajarishlarida gʻalabaga kuchli intilishi, harbiylikka boʻlgan qiziqishi, chaqqonligi va mohirligi yaqqol koʻzga tashlandi va ushbu shijoati shbu oʻyinlarga oʻziga xos koʻrk bagʻishladi.

Doʻstona ruhda, shu bilan birga, shiddatli va murosasiz kechgan harbiy-sport oʻyinlarida Pastdargʻom tumani jamoasining qoʻli baland kelib, birinchi oʻrinni egalladi. Ushbu jamoa respublika bosqichida kechadigan bellashuvda qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi. 2-oʻrin Toyloq tumani jamoasiga, 3-oʻrin esa Kattaqoʻrgʻon tumani jamoasiga nasib etdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting