Tungi sharoitlarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi

0
2026

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Farg‘ona dala o‘quv maydonida batalyon taktik guruhlari bilan tungi amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.

Mashg‘ulotlar davomida harbiy xizmatchilarning jangovar, taktik tayyorgarligi, axloqiy-ruhiy tayyorgarligi hamda harbiy topografiyadan egallagan bilimlarini mustahkamlashga e’tibor qaratildi.

Farg‘ona garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari ishtirok etgan ushbu mashg‘ulotda orientirlash, tungi sharoitlarda belgilangan manzilga talafotsiz yetib borish, ko‘rish cheklangan sharoitlarda nishonlarni guruh va shaxsiy qurollar bilan yakson qilish, to‘siqlarni yengib o‘tish kabi vazifalar yuklatildi. Har bir topshiriqlarni bajarishda yurt o‘g‘lonlaridan katta kuch va mahorat talab qilindi.

Shuningdek, jangovar texnikalarda otish marralarini egallagan holda uzoq masofadagi nishonlarni yo‘q qilish mashg‘ulotlari ham muvaffaqiyatli bajarildi.

Tungi mashg‘ulotlar jarayonida harbiy psixologlar tomonidan shaxsiy   tarkibning ruhiy holati ham muntazam kuzatib borildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting