Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

0
1346

Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi armiya va xalq oʻrtasidagi koʻprik vazifasini bajargan holda harbiy sohada jamoatchilik hamda xalqaro hamjamiyat tomonidan bildirilgan takliflarni tahlil qilish, yoshlarni vatanparvarlik, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlarini muvofiqlashtirib boradi.

Markaziy harbiy okrugning Samarqand, Jizzax hamda Navoiy garnizonlarida tashkil etilgan uchrashuvlar “Jamoatchilik kengashi faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmon ijrosini taminlashga qaratildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputati, Oʻzbekiston xalq shoiri, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi Iqboljon Mirzaaliyev, Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi, kengashning hududiy boʻlinmalarining aʼzolari, Qurolli Kuchlar faxriylari, harbiy xizmatchilar hamda yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuvlarda kengash raisi Iqboljon Mirzaaliyev mazkur farmon bilan Jamoatchilik kengashi oldiga qoʻyilgan vazifalar, uning asosiy faoliyati haqida toʻxtalib oʻtdi.

Takidlash lozimki, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi faoliyati bevosita uning hududiy boʻlinmalari ishlari bilan yanada jonlanadi hamda bu orqali armiya va xalq birdamligi yanada mustahkamlanishiga erishilmoqda. Shuningdek, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoʻlga qoʻyilgan alohida tizim bilan birga, vatanparvarlik targʻibotiga qaratilgan ijodiy asarlarni koʻpaytirish, yoshlar fikri va takflilarini ham qoʻllab-quvvatlash zarurligi taʼkidlandi.

Oʻtkazilgan tadbirda Vatan madhi ijodkorlar, shoirlar sheʼrlarida jarang sochdi. Bugungi taraqqiyotimizga tayanch boʻlgan holda, tinchligimizni asrab-avaylashda har bir insonning, ayniqsa, yoshlarning burchi va masʼuliyati eslatib oʻtildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting