Harbiy shaharchada yangi maktab foydalanishga topshirildi

0
1159

Toshkentning Yashnobod tumanidagi “Olmos” mahallasida joylashgan harbiy shaharchada zamonaviy standartlar asosida bunyod etilgan 339-sonli umumta’lim maktabining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Mudofaa vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari, Yashnobod tumani hokimi, Toshkent shahar Faxriylar kengashi raisi, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

1320 o‘ringa mo‘ljallangan bilim dargohida keng va yorug‘ sinf xonalar, sport zal va maydonlar, badiiy va ilmiy kitoblarni o‘zida jamlagan kutubxona, maxsus texnikalar bilan jihozlangan informatika xonalari mavjud. Shuningdek, maktabda shu kunning o‘zida 80 o‘ringa mo‘ljallangan oshxona ham o‘z faoliyatini boshladi.

Ochilish marosimidan so‘ng mehmonlar ishtirokida maktabda tashkil etilgan “Yashil maydon” bog’iga esdalik uchun daraxt ko‘chati ekildi.

Toshkent harbiy okrug mutbuot xizmati