Markazda harbiy xizmatchilarning huquqiy bilimi mustahkamlandi

0
591

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kichik mutaxassislar tayyorlash markazida Samarqand harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazuvchi ma‘sul shaxslar bilan uslubiy yo‘riqnoma o‘tkazildi.

Unda Samarqand harbiy prokuraturasi vakillari, Samarqand garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari hamda boshqa kuch tuzilmalarining xodimlari ham ishtirok etdi.

Tadbirda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish tartibi, talablari va huquqiy asoslari to‘g‘risida batafsil ma‘lumotlar berildi. Shuningdek, tergovga qadar tekshiruvlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, muammoli masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Ochiq va samimiy tarzda o’tgan muloqotda ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Kichik serjant Xayrullo O‘LMASOV