Fargʻonada ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi

0
1618

Sharqiy harbiy okrug Maʼnaviyat va maʼrifat markazida mudofaa vazirining oʻrinbosari general-mayor Hamdam Qarshiyev, Oʻzbekiston Respublikasi harbiy prokurori adliya polkovnigi Botir Qudratxoʻjayev hamda Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik va idoralar mansabdor shaxslari ishtirokida ommaviy sayyor qabullar oʻtkazildi.

Qabul avvalida Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Aybek Saidov va respublika harbiy prokurori soʻzga chiqib, harbiy xizmatchilarning oilaviy sharoitini yanada yaxshilash, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Sayyor qabul davomida har bir murojaati bor fuqaro va harbiy xizmatchilar bilan yakka tartibda suhbatlar olib borildi. Suhbat davomida tibbiy xizmat, nafaqadagi harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasi, xizmat joyini koʻchirish hamda uy-joy masalalari koʻrib chiqildi.

Kelib tushgan181 ta murojaatdan 80 tasi shu joyning oʻzida hal etildi, 56 ta murojaat esa tegishligi boʻyicha mutasaddilarga yoʻnaltirildi va 45 tasi nazoratga olindi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting