Aholini kasb-hunarga o‘qitish markazida navbatdagi bitiruv

0
604

Andijon shahridagi aholini kasb-hunarga o‘qitish markazida navbatdagi bitiruvchilarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda viloyat hokimligi, Andijon garnizoni harbiy orkestr jamoasi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Bitiruvchilarga viloyat hokimligi, vazirlik va idoralar vakillari sertifikatlarni topshirdi. Bitiruvchilarning bir qismiga chet davlatlar bilan tuzilgan shartnomalarga asosan ishlashga yo‘llanma berilgan bo‘lsa, qolgan bir guruh bitiruvchilar Andijon viloyatida davom etayotgan qurilish ishlariga mehnat shartnomasi orqali ishga joylashtirildi.

Bitiruvchilar bu kabi yaratilayotgan sharoitlar hamda qulayliklardan mamnun ekanliklarinii bildirishdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati