Markaziy harbiy okrugning bir guruh faxriy harbiylari hamda Jizzax viloyati nuroniylari Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug boshqaruv apparati mehmoni bo‘ldi.
Harbiy orkestr sadolari ostida kutib olingan mehmonlar dastlab, okrug hududida yaratilgan bogʻlarni hayrat va havas bilan tomosha qildilar. Shundan soʻng okrug shonli tarixi muzeyiga qilingan sayohat barcha uchun foydali va qiziqarli boʻldi. Maskanda mavjud harbiy anjomlar, qurol-aslahalar hamda maʼlumotlar tashrif buyuruvchilarga kecha va bugun oʻrtasidagi ulkan tafovutni yana bir bora yodga soldi.
Boshqaruv apparati madaniyat saroyida oʻtgan suhbatda esa yurtimiz mudofaa qudratining yil sayin mustahkamlanib borayotgani, bunda harbiy kadrlar salohiyatining oshirilishiga alohida eʼtibor berilayotgani alohida taʼkidlandi. Jarayonlarda harbiy xizmatchilarning dunyoqarashi, bilim vva koʻnikmalari ham zamon bilan hamnafas rivojlanib borayotgani aytildi, bu yoʻlda uzoq yillik harbiy tajribaga ega faxriylar ham doimo kamarbasta boʻlishga tayyor ekanliklari qayd etildi.
Okrug qoʻshinlar qoʻmondoni oʻrinbosari zamonamiz yoshlari qoʻygan ulkan marralariga yetishda keksalar oʻgiti qoʻshqanot boʻlishini aytib, nuroniylarga salomatlik tiladi. Mehmonlar koʻrsatilgan eʼtibor va ehtirom uchun uchun okrug qoʻmondonligiga oʻz minnatdorliklarini izhor etdilar.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati