Jizzaxdagi harbiy shaharchada “Oila kuni” keng nishonlandi

0
3311

Markaziy harbiy okrugning Jizzax garnizonidagi harbiy shaharchada 15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Yangi Oʻzbekistonning ibratli harbiy oilasi” shiori ostida tadbirlar oʻtkazildi. Uning doirasida harbiy oilalar oʻrtasida milliy anʼana va qadriyatlarimiz ruhi aks etgan bellashuvlar, yaʼni turli milliy sport musobaqalari hamda koʻrik-tanlovlar tashkil etildi.

Harbiy shaharchada istiqomat qiluvchi respublikamizning turli hududlaridan kelgan oʻn nafar ishtirokchi oʻrtasida oʻtkazilgan osh chempionatida oilalar turli xildagi palov va gazak tayyorlab, hakamlarning yuqori ballarini qo‘lga kiritishga harakat qildi.

Tanlov davomida folklor jamoalar tomonidan bir-biridan qiziqarli va takrorlanmas chiqishlar, kuy-qoʻshiq va raqslar ijro etilib, harbiy oillar uchun chinakam bayram kayfiyati ulashildi.

Bundan tashqari, harbiy shaharchadagi oilalarning yashah tarzi, xonadonining saranjomligi ham koʻzdan kechirilb, ibratli oila sohiblari aniqlandi.

Yakunda esa tashkil etilgan musobaqa va tanlovlarning gʻolib hamda sovrindorlari okrug qoʻmondonligi, garnizon rahbariyatining diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting