Harbiy shifokorlar tomonidan tashkil etilayotgan tibbiy ko‘riklar

0
461

Fargʻona tumanining “Qoʻrgʻontepa” mahallasi hududidagi oilaviy shifokor punktida aholi salomatligini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish maqsadida Fargʻona harbiy gospitali tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik oʻtkazildi.

Sharqiy harbiy okrug qoʻmondonligi tomonidan tashkil etilgan “Olis hudud” loyihasi doirasidagi 300 nafardan ortiq mahalliy aholi vakillari malakali shifokorlar qabulida boʻldi.

Koʻriklar davomida UZI diagnostikasi, terapevt, rentgen, EKG, travmatolog, nevropatolog, oftalmolog, dermatolog, jarroh singari tor doiradagi mutaxassislar tibbiy maslahat va tavsiyalarini berib, zaruriy muolajalarni amalga oshirdi.

Bundan tashqari, oilalar oʻrtasida reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, sogʻlom oilani shakllantirishning asl mohiyatini tushuntirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, sogʻlom oila hamda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish boʻyicha keng targʻibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting