Xalqaro turnir g‘olibi tantanali kutib olindi

0
1078

Mudofaa vazirligiga qarashli Qashqadaryo viloyatida joylashgan harbiy qismlarning birida xizmat qilayotgan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchi oddiy askar Ramazon Temirov aralash jang sanʼati (MMA) boʻyicha nufuzli xalqaro tashkilotlarning kuchli beshtaligiga kiruvchi “RIZN” turnirida jang oʻtkazib, yurtimizga zafar qozonib qaytdi.

Yaponiyada tashkil etilgan musobaqaga dunyoning deyarli barcha davlatlaridan jangchilar tashrif buyurgan edi. Yengil vazn boʻyicha ishtirok etgan qahramonimiz yaponiyalik raqibini birinchi raundning oʻzida muddatidan avval magʻlub etib, turnir gֲʼolibligini qoʻlga kiritdi.

Yurtimiz bayrogʻini nufuzli turnirda yuqoriga koʻtargan Ramazon Temirov Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Harbiy sportchiga Mudofaa vazirligi nomidan qimmatbaho va esdalik sovgʻalari topshirildi. Uning yaqinlari hamda ota-onasiga minnatdorchilik bildirilib, yuksak hurmat koʻrsatildi.

Eslatib oʻtamiz, Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchisi oddiy askar Ramazon Temirov joriy yilning 10-iyul kuni Yaponiyaning nufuzli “RIZN” turnirida yana jang oʻtkazishi rejalashtirilgan.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting