Qahramon onalar jasorat hech qachon unutilmaydi

0
846

Ikkinchi jahon urushi. Yer yuzida oyoqqa qalqimagan biror odam qolmadi hisob. Bu bir xalq va bir mamlakatning boshiga tushgan ofat bo‘lmay, umumjahon hayoti va kelajagiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan dahshatli hodisa edi. Qahramon ota-bobolarimiz esa chin ma’noda insoniyat boshiga tushgan ofatni bartaraf qilishga ulkan hissa qo‘shib, jahon tarixida o‘chmas iz qoldirishdi.

Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Zokir Sayfiddinov, harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar faxriylari bilan birgalikda Mirzo Ulug‘bek tumanida istiqomat qilib kelayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Ribakova Xayeva Ovsheyevna xonadonida bo‘lib, qahramonimizga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bayram sovg‘alarini tantanali ravishda topshirishdi.

X. Ribakova 1941—1944-yillar Moldaviya hududida joylashgan “Getto” konslagerida ota-onasi bilan mahbus bo‘lgan. Ular 1944-yil mart oyida ozod qilingan.

Shuningdek, Toifalangan obektlarni qo’riqlash qo’shinlari qo’mondoni polkovnik Jur’at Yaqubov bir guruh faollar bilan Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Sapriko Valeriya Mixailovnaning xonadonida bo‘lib, u bilan samimiy suhbat qurdi.

 

Tashrif davomida qo’shinlar qo’mondoni prezident tabrigini o’qib berib, qimmatbaho va esdalik sovg’alarini tantanali ravishda topshirdi. Harbiy orkestr va o’quvchi yoshlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo’shiqlar urush faxriysi xonadoniga yanada ko‘tarinki kayfiyat olib kirdi.

O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi va front orti qatnashchilarining holidan xabar olish tadbirlari davom etmoqda.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting