Qashqadaryoda urush qatnashchilariga ehtirom koʻrsatildi

0
2133

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyatida ham Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda front ortida matonat koʻrsatgan yurtdoshlarimiz holidan xabar olindi. Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda viloyatda 10 nafar urush qatnashchisi istiqomat qilmoqda. Ana shunday faxriylardan biri nishonlik Roʻzi bobo Soatovdir.

Bayram munosabati bilan urush faxriysining xonadonida tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Murodjon Azimov, Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Zaynobiddin Iminov, nuroniylar, tuman hokimi, sektorlar rahbarlari, harbiylar, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdi.

Roʻzi bobo 16 yoshida urushga yuborilgan va ayni umrining yoshlik davrlarini jang maydonida oʻtkazgan. Bugun esa urush faxriysi 99 yoshni qarshilab, el ardogʻida umurguzaronlik qilib kelyapti. Viloyat hokimi Prezidentimizning Roʻzi bobo Soatovga yoʻllagan tabrigini oʻqib eshittirdi. Shundan so‘ng, urush qatnashchisiga 18 million soʻm pul mukofoti va Prezidentning qimmatbaho sovgʻasi tantanali topshirildi.

Shu kuni mehmonlar qarshilik Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Vera Nosirova xonadonida ham bo‘lib, Prezident sovgʻalarini topshirdilar. Urush faxriysi bilan kechgan suhbatlarda urush xotiralari, hayot tajribalari haqida soʻz yuritilib, bugungi dorilamon kunlarning qadriga yetish kerakligi, ularga koʻrsatilayotgan eʼtibor va eʼzozdan koʻngillari yanada yuksalayotganini taʼkidlab oʻtdi.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting