Tanlov g‘oliblari munosib taqdirlandi

0
815

Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi kuch tuzilmalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsadida turli o‘quv-mashg‘ulotlari, bellashuv va tanlovlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.

Ana shunday bellashuvlardan biri 1–6-noyabr kunlari Samarqand viloyati “Kattaqo‘rg‘on” umumqo‘shin dala poligonida o‘tkazildi.

Bellashuvda jamoalar jismoniy tayyorgarlik, otish tayyorgarligi, tibbiy va maxsus tayyorgarlikdan amaliy va test sinovlarini topshirdi.

Yakuniy natijalariga ko‘ra, Mudofaa vazirligi jamoasi yakkalik va jamoaviy bahslarda rekord natijalarni qayd etib, mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindorlar munosib tarzda taqdirlandi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti