Samarqand, Jizzax va Navoiyda urush faxriylariga Prezident sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi

0
737

Samarqand viloyatida ayni damda 10 nafar urush qatnashchisi va front orti mehnat faxriysi farovon yurtimizga hech bir koʻz tegmasligini tilab qarilik gashtini surib kelmoqda. 

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov hamda Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Farrux Ziyabayev viloyatda istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar olib, ularga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bayram sovgʻalarini tantanali ravishda topshirdi.

Jumladan, Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi Fazliddin Asliddinov, Mixail Kolmogorov, Sofiya Pogrebova hamda Samarqand tumanida istiqomat qiluvchi Axat bobo Achilovga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ularga yoʻllagan bayram tabrigi oʻqib eshittirilib, sovg‘alar taqdim etildi.

Ana shunday tadbirlar Jizzax va Navoiy viloyatlarida ham oʻtkazilib, unda viloyat hokimlari va okrug qoʻmondonligi boshchiligida Jizzax viloyatidan 6 nafariga, Navoiy viloyatidan esa 10 nafariga Prezident sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boschiligida viloyat mudofaa ishlar boshqarmasi, harbiy prokuratura vakillari hamda garnizondagi bir guruh harbiy xizmatchilar 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Qiziltepa tumanidagi istiqomat qilgan marhum harbiy xizmatchi kichik serjant Sherali Idiyevning xonadonida bo‘lib, uning turmush o‘rtog‘i va farzandlarining holidan xabar oldi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting