Asrga tengdosh otaxon harbiylarni quvonch bilan qarshi oldi

0
1021

Bugungi tinchligimiz, xalqimizning osoyishtaligini taʼminlashga, mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qoʻshib, urush yillarini boshidan oʻtkazgan xorazmlik Aminboy Matniyozov bu yil bir asrga tenglashadi.

Yaqinlashib kelayotgan muhim sana, 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Aminboy otani yoʻqlab kelgan Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarini qaddi-qomatini yillar, ogʻir sinovlar bukishga harakat qilgan boʻlsada, 100 yoshga yaqinlashgan urush qatnashchisi quvonch bilan qarshi oldi.

Dushmanga qarshi qaqshatkich janglarda ishtirok etgan otaxon frontda uch marotaba jarohat olgan. Jarohtalardan birining asorati haligacha sezilib turadi. Bir necha bor merganlik miltigʻidan koʻzlagan nishonlarini yakson qilgan otaxonning oʻzi fashist mergani tomonidan oʻqqa tutiladi. Oʻsha oʻq otaxon qoʻlining kaft qismiga tegib, baʼzi barmoqlarni ishdan ham chiqaradi. Qoʻllariga qarab nuroniy oʻsha yillarni bot-bot yodga oladi, urushda halok boʻlgan qadrdon safdoshlarini xotirlaydi.

Aminboy ota turmush oʻrtogʻi bilan birgalikda baxtli yashab, bir oʻgʻil va besh nafar qizni voyaga yetkazib, ularni Vatan uchun xizmat qiladigan inson sifatida tarbiyaladi. Otaxon shuncha urush qiyinchiliklarini boshidan oʻtkazishiga qaramasdan, hozirga kelib ahvoli yaxshi. “Yangiyer” mahalla fuqarolar yigʻini, mahalla oqsoqollari va yoshlari har kuni otaxondan xabar olib turadi. Shu uchun Matniyazovlarning xonadoni har vaqt mehmonlar uchun ochiq boʻladi.

Shuningdek, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug harbiy xizmatchilari hamda Urganch harbiy prokuraturasi vakillari Gurlan tumanidagi “Nurobod” mahallasida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Bobojon ota Madaminov xonadonida boʻlib, uning holidan xabar oldi. 

Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Bobojon otani harbiylar kelib yoʻqlagani, uning koʻnglini togʻdek koʻtardi. Ehtirom va eʼtibordan ruhlangan nuroniy mehmonlarga urushda kechirganlarini erinmay bayon etishni boshladi.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting