Harbiy qismda xotira maydoni qad rostladi

0
2070

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Namangan garnizonidagi harbiy qism hududida xotira maydonining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda Pop tuman hokimligi, okrug qo‘mondonligi vakillari, harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar faxriylari, yoshlar va nuroniylar ishtirok etdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar, mazkur maydon kelajakda harbiy xizmatchilar va yoshlarimizga, qolaversa, harbiy qism mehmonlariga qahramonlarimiz koʻrsatgan mardonavor xizmatlari, yurtimiz uchun jonini fido qilgani, mardligini eslatib turishga xizmat qilishini qayd etdilar.

2000-yillarda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlaridagi mudhish voqealarda jonini fido etgan qahramonlarimiz monumentlari qoʻyilgan ushbu maydon chinnakam vatanparvarlik belgisi boʻlib xizmat qiladi.

Tadbir ochilish marosimida mehmonlar xotira maydoniga gullar qoʻyib, hurmat bajo keltirdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting