Buxoroda harbiy-vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi

0
643

Kecha, 10-noyabr kuni Buxoro shahridagi Yoshlar markazida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyat Kengashi hamda Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari hamkorligida keng qamrovli harbiy-vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi.

Yosh avlod qalbida ona Vatanga muhabbat va sodoqat ruhini kuchaytirish, vatanparvatlik tuyg‘ularini hamda harbiylik kasbiga bo‘lgan e’tiborni yanada oshirish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda uch mingdan ortiq yoshlar qamrab olindi.

Festival keng qamrovda o‘tkazilgani bilan boshqalaridan farq qildi. Jumladan, harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi va faxriy qorovulning ko‘rgazmali chiqishlari, qurol-aslaha va harbiy texnika namoyishini shahar aholisi, o‘quvchi yoshlar hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari katta qiziqish bilan tomosha qildi.

 

Ayniqsa, Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari ishtirokidagi qo‘l jangi elementlaridan iborat ko‘rgazmali chiqishlar namoyishi yoshlarda unutilmas taassurot qoldirdi.