Marhum harbiy xizmatchilarning yaqinlariga Mudofaa vazirligining pul mablagʻlari topshirildi

0
3312

Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Farrux Ziyabayev, shahar va tuman hokimlari boshchiligida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning yaqinlariga Mudofaa vazirligi tomonidan ajratilgan pul mablagʻlari hamda okrug qoʻmondonligining esdalik sovgʻalari topshirildi.

Jumladan, okrug tasarrufidagi garnizonlarda yigitlik burchini oʻtagan harbiy xizmatchilar samarqandlik leytenant Sayyor Sadinov, leytenant Marufjon Rahmonov, katta serjant Marufjon Rajabov, serjant Ulugʻbek Barnoyev, kichik serjant Nodir Sobirov, kichik serjant Akmal Mirzaahmedov, kichik serjant Ulugʻbek Xasanov, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi oddiy askar Lochin Hayitov, jizzaxlik podpolkovnik Samandar Kenjayev, kapitan Zafar Boymurodov navoiylik kichik serjant Zokir Qahhorov, kichik serjant Sherali Idiyevning xonadonlarida boʻldilar.

Tashrif chogʻida yurt oʻgʻlonlari marhum harbiy xizmatchilarning ota-onasi, turmush oʻrtogʻi va farzandlari holidan xabar olib, marhum harbiy xizmatchilarning xotirasini yod etishdi va Mudofaa vazirligi tomonidan ajratilgan pul mablagʻlarini topshirdilar.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting