Jizzax va Navoiyda urush faxriylari holidan xabar olinmoqda

0
672

“Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari tomonidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar olish va ularni moddiy ragʻbatlantirish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, ayni kunlarda Jizzax viloyatida 6 nafar, Samarqand viloyatida 10 nafar, Navoiy viloyatida esa 9 nafar Ikkinchi jahon urushining zahmatini chekkan faxriylarimiz yurtimizga tinchlik tilab umrguzoronlik qilishyapti.

Bugun, 4-may kuni Jizzax garnizonidagi harbiy xizmatchilar 1943-yilda ko‘pchilik qatori frontga otlangan, Sharof Rashidov tumanida istiqomat qiluvchi urush faxriysi Mamasharif ota Siddiqov xonadoni boʻldi.

Koʻplab qiynchiliklarni koʻrgan va bugunga kelib tinch va osoyishta hayotning bergan neʻmatidan bahra olib yashayotganini ta’kidlagan Mamasharif otaga harbiylar tomonidan sovgʻa-salomlar ulashildi.

Shuningdek, Navoiy garnizonidagi harbiy xizmatchilar hamda Faxriylar kengashi aʻzolari, mudofaa ishlar boʻlimlari hamda oʻquvchilar Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi urush qatnashchisi 99 yoshli Norboy bobo Kazakov hamda Karmana tumanida yashovchi Pirnazar bobo Turdiyevning xonadonida boʻlishdi.

Uchrashuv davomida harbiylar tomonidan urush faxriylariga esdalik sovgʻalari topshirildi. Qahramonlarimiz ham harbiylarimizga minnatdorchilik bildirib, oʻzlarining begʻubor damlarini almashgan oʻsha mash’um damlarni xotirladi, bugungi tinch va osoyishta hayotni qadriga yetmoqligini takidladilar.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting